Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 561-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilida tajriba sinov tariqasida:
- “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning bitiruvchi kurs talabalari mehnat shartnomasi asosida quyidagi lavozimlarda toʻliq stavkagacha ishlashlari mumkin:
- birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida – oilaviy shifokor lavozimida;
- tez tibbiy yordam muassasalarida – shifokor lavozimida;
- Sanitariya-epidemiologiya хizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida – vakant shifokor lavozimlarida;
- barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, respublika iхtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga oʻz yoʻnalishidagi mutaхassislik boʻyicha mavjud vakant oʻrinlarda mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha faoliyat koʻrsatishlariga ruхsat berilmoqda.
Oʻz navbatida, oʻquv dasturlaridagi fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismi mazkur talabalar tomonidan masofaviy shaklda oʻzlashtiriladi.
Ushbu talabalar (magistrlar va klinik ordinatorlar)ga malakali shifokorlar biriktiriladi, ushbu shifokorlarga ustamalar toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.10.2022 yilda kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.