Prezident tomonidan 16.01.2023 yildagi “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzA agentligi tomonidan e’lon qilindi.
Hujjatga muvofiq:
- 2023 yil 1 sentyabrga qadar “Sudlarda prokuror ishtiroki” aхborot tizimi dastlab sinov tarzida ishga tushiriladi;
- 2023 yil 1 iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud aхborot tizimlarini integratsiya qilish yoʻli bilan oʻzaro hujjat almashinuvi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek Oliy sudning yangi emblemasi namunasi tasdiqlanmoqda.
Oliy sudga ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vakolatini tegishliligi boʻyicha ma’muriy organlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Bosh prokurorga ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Iхtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi yuklatilmoqda.
Sobir Nurberdiyev.