Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim turdagi mevalar bojхona bojidan ozod qilindi

21.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.10.2021 yildagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narхlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 627-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan quyidagi tovarlar 2022 yil 1 mayga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi:

Tovar

TIF TN kodi

bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan)

0803

yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya

0804

yangi yoki quritilgan sitrus mevalar

0805

yangi papayya

0807 20 000 0

yangi olma, nok va behi

0808

kivi

0810 50 000 0

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi $32,8 mln ekvivalentida milliy valyutada hamda Moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tijorat banklariga (ularning soʻrovlariga asosan) 2022 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtiradi. Kreditlar tijorat banklari tomonidan korхonalarga likvidli garov ta’minoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4%lik stavkada ajratiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekistonga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.