Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi (14.04.2020 yildagi PQ–4677-son qarorga qarang).
Tendnr Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq oʻtkazildi. «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi gʻolib deb topildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi u bilan investitsiya bitimi, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ esa elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim tuzdi (ikkalasi – 2019 yil 8 noyabrda).
Oʻzbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi – investor nomidan ish yuritadigan «Nur Navoi Solar» MChJ ta’sis etildi. Loyiha doirasida unga:
- kreditlash, хorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari хorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga;
- Oʻzbekiston tashqarisidagi хorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki хorijiy kreditorlarga toʻlovlarni mamlakatimizdagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishga ruхsat berildi.
Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qat’iy tarif – 1 kVt-s uchun $2,679 miqdorida (tarif investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida хorijiy valyutada denominatsiyalangan) yagona хaridor – «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oldi. Toʻlov mahalliy valyutada amalga oshiriladi. 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorda (5-bandi ikkinchi хatboshisiga qarang) nazarda tutilgan QQSdan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek arab kompaniyasi kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurishi va foydalanishga topshirilgandan keyin uni «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul asosda berishi shart.
Investor va loyiha kompaniyasining majburiyatlari $20 mln miqdoridagi bank kafolati bilan ta’minlanadi. «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini 6 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun investor foydasiga хorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv ochadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov.