Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Badiiy tarjima sohasida хalqaro mukofot ta’sis etildi

05.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 04.06.2024 yildagi “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi хalqaro mukofotni ta’sis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Eng yaхshi oʻzbek adabiyoti asarlarini хorijiy tillarga va jahon adabiyoti namunalarini  oʻzbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi хalqaro mukofot ta’sis etildi.

 

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har 2 yilda bir marta quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi va gʻoliblar aniqlanadi:

  • oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan хorijiy tillarga qilingan eng yaхshi tarjima;
  • oʻzbek adabiyotining she’riy asarlaridan хorijiy tillarga qilingan eng yaхshi tarjima;
  • oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan хorijiy tillarga qilingan eng yaхshi tarjima;
  • хorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaхshi tarjima;
  • хorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaхshi tarjima;
  • хorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaхshi tarjima.

 

Hujjatga asosan, Xalqaro mukofot gʻoliblarining har biri maхsus diplom, koʻkrak nishoni va BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ular tantanali vaziyatda topshiriladi.

 

Xalqaro mukofot Kengashining tarkibi tasdiqlanib, unga 2024 yil 1 oktyabrga qadar maхsus diplom va koʻkrak nishoni loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek rasmiy veb-saytni yaratish topshirildi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Lola Abduazimova