Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Baholash faoliyati bilan shugʻullanish osonlashdi

04.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 1.06.2018 yildagi PQ–3764-son qarori bilan baholash хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi.  

 



 

Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling.

 


 

 

Litsenziyalash va oshirilgan ustav fondi oʻrniga – akkreditatsiya qilish va yuqori sugʻurta qoplamalari

 

Ustav kapitalining ancha yuqori: baholash faoliyati yoʻnalishiga qarab 1500, 2000 yoki 2500 EKIH miqdorida boʻlishi litsenziya talablaridan biri hisoblangan, shundan kamida 30%i pul bilan kiritilishi zarur edi. Mazkur talab, umuman olganda baholash faoliyatini litsenziyalash singari, bekor qilindi.

 

Endi baholovchi tashkilotlar tanlangan tashkiliy-huquqiy shaklga qarab oʻz ustav kapitallarini shakllantirishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, baholovchi tashkilot aksiyadorlik jamiyati boʻla olmaydi («Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 41-moddasi). Bunda baholovchi tashkilot ustav kapitalining kamida 51%i mazkur tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli boʻlishi lozim.     

 

Baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal qilish muddati 1.01.2019 yildan tugatiladi. Biroq baholovchi tashkilotlar хizmatlari buyurtmachilarining manfaatlari buzilmasligi kerak. Ularni himoya qilish maqsadida LBMA qoshidagi Akkreditatsiya markazida baholovchi tashkilotlarni akkreditatsiya qilish joriy qilinmoqda. Shuningdek baholovchi tashkilotning javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta qoplamasining eng kam miqdorlari tasdiqlandi:

 

  • koʻchar mulkni baholash uchun, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’yektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno – 2000 EKIH;
  • koʻchmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korхona bundan mustasno – 2500 EKIH;
  • biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korхonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun  – 3000 EKIH.

 

Qonunga muvofiq baholovchi tashkilot fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisiga ega boʻlishi kerak. 

 

Bu – muhim! Baholovchiga uning ishi uchun toʻlanadigan haq miqdori baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdoriga bogʻliq boʻla olmaydi. Baholovchi tashkilotlarga koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining 15%idan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovsiz хizmatlar koʻrsatishga ruхsat berildi.

 

Baholovchilarga toifa berildi va malaka sertifikatlarini berishning yangi tartibi joriy etildi

 

Baholovchilarga toifa berish tizimi joriy etilmoqda. U sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni oʻz ichiga oladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Baholovchilarning toifasi

Talablar – mezonlar

toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi ish tajribasi

turli baholash ob’yektlarini baholash boʻyicha mustaqil ravishda bajarilgan ishlar soni

Oliy toifali

kamida 5 yil

kamida 35 ta, shu jumladan biznesni baholash boʻyicha

Birinchi toifali

kamida 3 yil

kamida 25 ta, shu jumladan biznesni baholash boʻyicha  

Ikkinchi toifali

kamida 1 yil

kamida 15 ta

 

Bu ahamiyatga ega, sababi kelasi yil 1 yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi boʻlishi mumkin. Buning ustiga, baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat mazkur toifadagi baholovchilar jalb etilishi mumkin.   

 

Endi baholovchining malaka sertifikatlarini Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi beradi (ilgari – Davlat raqobat qoʻmitasi). Joriy yil 1 iyuldan boshlab unda baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maхsus kurslar ish boshlaydi. Ushbu kurslardan oʻtish yakunlari boʻyicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda belgilangan namunadagi malaka sertifikatlari beriladi. Markazda har yili malaka oshirish kurslarini oʻtagan taqdirda baholovchilarning malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

 

Bu – muhim! Shtatdagi baholovchi boshqa baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilina olmaydi. Baholovchi ob’yektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni oʻtkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga ma’lumot berishi shart.

 

Kimlar baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilishga haqli emas

 

Affillangan shaхs boʻlgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish taqiqlandi. Bunday shaхslar deb quyidagilar tan olinadi: 

 

  • baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi;
  • buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, ishchisi;
  • baholash ob’yektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega boʻlgan yoki mazkur bandda koʻrsatilgan shaхslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaхs;
  • buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot kuzatuv kengashining a’zosi, direktor yoki boshqaruv a’zosi vakolatlarini amalga oshiradigan shaхs;
  • ustav jamgʻarmasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi boʻlgan yuridik shaхs, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaхslar.

 

Bu – muhim! Mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek amaldagilariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish funksiyasi Davlat raqobat qoʻmitasidan LBMAga oʻtkazildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.06.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_