Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Baliqchilik хoʻjaliklari uchun subsidiya miqdorlari kamaytirildi

04.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2023 yildagi “Byudjet siyosatining 2023 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 174-son Qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar respublika byudjetidan baliqchilik хoʻjaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 1500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun
500 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi (ilgari tegishincha 3000 va 1000 soʻm ajratilar edi).

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 1 maydan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.