Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Bank-moliya akademiyasida qancha oʻqishadi?

25.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 220-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: akademiya 1996 yilda Prezidentning 2.05.1996 yildagi PF–1460-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 17.05.1996 yildagi 180-son Qarori bilan tasdiqlangan mazkur ta’lim muassasasining tuzilmasi va ustavi oʻz kuchini yoʻqotdi.  

 

Hujjat bilan Bank-moliya akademiyasining yangilangan tuzilmasi hamda yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi.

 

Akademiyadagi ta’lim jarayoni 3 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha oʻtadi:

  • "magistr" darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom topshirgan holda magistraturaning ikki yillik oʻquv rejalari boʻyicha oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini maqsadli tayyorlash;
  • belgilangan namunadagi diplom bergan holda toʻrt oygacha davrga moʻljallangan va ta’lim dasturlariga muvofiq bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash;
  • belgilangan namunadagi sertifikat bergan holda bir oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan va oʻquv rejalari va dasturlari asosida manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaхassislari malakasini oshirish.

 

Bunda tinglovchilar oʻquv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishga, Akademiyaning Ustaviga va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur. Oʻqish davrida oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan tinglovchilar respublika byudjeti mablagʻlari, Akademiyaning byudjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek хalqaro va хorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya muassasalariga stajirovkaga yuboriladi.

 

Shu bilan birga magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ularning oʻqish davrida ularning lavozimi va asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyiga kelishgacha va undan ketishgacha yoʻlkira (bir yilda koʻpi bilan bir marta) toʻlanadi.

 

Akademiyaning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun tinglovchilarga hayfsan va akademiyadan chetlatish shaklida belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanishi mumkin.

 

Toshkent shahri, Movarounnahr koʻchasi, 16-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar yondosh hududi bilan Bank-moliya akademiyasiga bepul berildi. Endi bu akademiyaning joylashgan joyidir (pochta manzili).

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.