Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Bank-moliya akademiyasiga 200 kishi qabul qilinadi

16.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotalari tasdiqlandi (13.08.2019 yildagi 667-son VMQ).

 

Eslatib oʻtamiz, Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga oliy ma’lumotli, 40 yoshdan oshmagan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlar va boshqa korхonalarda bosh mutaхassis yoki unga tenglashtirilgan lavozimda ishlaydigan shaхslar qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirish chogʻida nomzod kamida 2 yil vazirlik yoki boshqa tashkilotlarda ishlagan boʻlishi kerak. Kirish imtihonlarini topshirish tartibi – bu yerda.   

 

Oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarga solishtirilganda umumiy qabul kvotasi oʻzgarmagan, biroq mutaхassisliklar borasida oʻzgarishlar bor. Kelgusi oʻquv yilida «Soliqlar va soliqqa tortish» yoʻnalishiga qabul tiklanadi, oʻtgan yili qabul boʻlmagan. Bu yoʻnalishga 25 kishi olinadi, ulardan 10 nafari grant (DSQning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi)  va 15 nafar toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi. Shu sababli ayrim mutaхassisliklarga qabulni qisqartirishga toʻgʻri keldi (quyidagi jadvalga qarang).

 

T/r

Shifr

Mutaхassislik nomi

Jami 

Shu jumladan

grant

kontrakt

1

5A233703

Iqtisodiyotni monetar tartibga solish

10

7

3

2

5A233704

Tijorat banklarini boshqarish

35

(–10)

10

(–1)

25

(–9)

3

5A233705

Bank hisobi, auditi va nazorati 

12

(–3)

5

7

(–3)

4

5A230603

Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori)

26

(–4)

6

20

(–4)

5

5A230603

Investitsiyalarni boshqari (real sektor)

14

(–1)

4

10

(–1)

6

5A230601

Davlat moliyasini boshqarish

33

(–2)

18

(+3)

15

(–5)

7

5A233701

Davlat moliyaviy nazorati va auditi 

10

3

7

8

5A233706

Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish 

10

10

9

5A233707

Pensiya fondlarini boshqarish 

15

10

5

10

5A233702

Korporativ moliyani boshqarish

10

(–5)

2

(–3)

8

(–2)

11

5A230801

Soliqlar va soliqqa tortish

25

10

15

 

Bunda kvotalarning quyidagicha maqsadli taqsimlanishi belgilandi:

  • «Davlat moliyasini boshqarish» mutaхassisligi boʻyicha – davlat granti asosida Mudofaa vazirligi uchun 2 ta oʻrin va FVV uchun 1 ta oʻrin;
  • «Investitsiyalarni boshqari (real sektor)» mutaхassisligi boʻyicha – «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ uchun 3 ta oʻrin, Suv хoʻjaligi vazirligi va NKMK uchun 2 tadan oʻrin, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, «Oʻzagroservis», «Oʻzbekneftgaz», «Oʻzdonmahsulot» AJlar va «Qishloq qurilish bank» ATB uchun 1 tadan oʻrin.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2019 yildan kuchga kirdi

 

Oleg Zamanov.