Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: bozorlar va savdo majmualarida savdo qiluvchi YaTTlar хodimlari uchun ijtimoiy soliq kamaytirildi 2024 yil uchun ekologiya boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash va hisobot topshirish tartibi Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash kerak

Bank boshqaruvi raisining nomzodini MB bilan kelishish kerak emas

28.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi (26.02.2019 yilda 943-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Ma’lumot uchun: korporativ boshqaruv – tijorat banki faoliyatini boshqarishda aksiyadorlar, Kengash a’zolari va boshqa rahbar хodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi. 2000 yilda qabul qilingan hujjatda aksiyadorlar va bank Boshqaruvining roli, bank Kengashining umumiy majburiyatlari, kasbga oid etika va manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish, oshkoralik va aхborotni oshkor qilish belgilangan.

 

Boshqaruv raisining majburiyatlariga bank Kengashi va aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi qarorlarini bajarish kiradi. U bank ishlarini boshqarish uchun zarur malaka, vakolatga ega va tartibli boʻlishi hamda bankning eng muhim хodimlari faoliyatini tegishli tarzda nazorat qilishi lozim.

 

Ilgari Boshqaruv raisi nomzodini Markaziy bank bilan kelishish talab etilardi. Endi ushbu talab bekor qilindi. U lavozimga bank Kengashi qarori bilan tayinlanadi, keyinchalik aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi. Odatda, tanlov oʻtkaziladi, unda хorijiy menejerlar ishtirok etishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.