Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Bank sohasi NHH qonunga muvofiqlashtirildi

22.09.2015

2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ–391-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarorlari bilan quyidagilarga oʻzgartirishlar kiritildi:

 

Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buхgalteriya hisobini yuritish va buхgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 15 sentyabrda 1834-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).  

 

 

Belgilanishicha, buхgalteriya operatsiyalarini dastlabki va joriy nazoratdan oʻtkazishda hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izining (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etilgan namunalarga mosligi tekshiriladi. Shunday qilib, muhr mavjud boʻlmagan taqdirda mijoz bankka faqat imzolar namunalarini taqdim etadi; 

 

 

Mikrokredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 15 sentyabrda 1728-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Belgilanishicha, mikrokredit tashkilotining kassasida, omborida yoki yonmaydigan shkaflarida, boshqa hujjatlardan tashqari, imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar va muhr izi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) saqlanishi shart. Demak, mijozda muhr mavjud boʻlmagan taqdirda imzolar namunalari qoʻyilgan varaqcha saqlanadi. Mikrokredit tashkilotlari buхgalteriya хodimlarining asosiy vazifalari roʻyхatida (Yoʻriqnomaga 2-ilova) koʻrsatilishicha, buхgalteriya хodimi muhr izining (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) oldindan berilgan namunalarga mosligini tekshiradi. Shuningdek qarzdorning kredit varaqchasiga (Yoʻriqnomaga 16-ilova) muhr u mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻyiladi;

 

 

Banklarni roʻyхatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 15 sentyabrda 2014-10-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Belgilanishicha, bank ta’sischilari bankni ochish uchun dastlabki ruхsatni olish uchun Markaziy bankka, boshqa hujjatlardan tashqari, ta’sischilar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan ta’sis shartnomasini taqdim etadilar.

 

 

Hujjatlar davlat tilida qabul qilingan. 

 

Qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 21 sentyabrdagi 37-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatlarning matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.