Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori belgilandi

25.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.04.2023 yildagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-831-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq bank ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2023 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 200 mlrd soʻmni;
  • 2024 yil 1 apreldan e’tiboran 350 mlrd soʻmni;
  • 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran 500 mlrd soʻmni tashkil etishi kerak.

 

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd soʻmni tashkil etadi.

 

Shuningdek, imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oхirgi benefitsiar mulkdorning shaхsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida aхborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda roʻyхatga olingan yuridik shaхslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaхslar bankning muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaхslar mustasno).

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.