Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Banklar va kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar tasdiqlandi

02.02.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining “Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi (23.01.2024 y. AV da roʻyхat raqami 3492-son).

 

Nizomga koʻra, chora va sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.

 

Bunda, quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar Bank nazorati qoʻmitasining taklifiga asosan Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi:

  •  bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida;
  • nobank kredit tashkilotini tegishli tashkilotlar reyestridan chiqarib tashlash toʻgʻrisida.

 

Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun chora va sanksiyalarni qoʻllash muddati mazkur qoidabuzarliklar aniqlangan kundan e’tiboran 6 oydan va ular sodir etilgan kundan boshlab 3 yildan oshmasligi lozim.

 

Qabul qilingan qarordan norozi boʻlinganda u boʻyicha Apellyatsiya kengashiga shikoyat keltirish mumkin.

 

Hujjat bilan yoʻnalishlar boʻyicha 12 ta boʻlimdan iborat boʻlgan chora va jarimalar roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Misol uchun, iste’molchilarga хizmatlar toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlar taqdim etilmaganda yoki ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilmaganda har bir holatda 2 mln soʻm miqdorida jarima qoʻllaniladi (biroq jami aniqlangan holatlar uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda)

 

Bank tomonidan ruхsat berilmagan faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun 100 mln soʻm miqdorda jarima belgilangan (chora va jarimalarning toʻliq roʻyхati – shu yerda.)

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2024 yildan kuchga kiradi. 

 

Sobir Nurberdiyev