Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Bankrotlik bilan manipulyatsiya qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

29.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirganlik va qasddan bankrotlikka olib kelganlik uchun sanksiyalar oshirilmoqda (28.05.2019 yildagi OʻRQ–543-son Qonunga qarang). Tuzatishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Qasddan bankrotlikka olib kelganlik (MJTKning 1795-moddasi) uchun ma’muriy jarimalar sezilarli darajada: amaldagi 15–20 EKIHdan 50–150 EKIHgacha oshiriladi.

 

JKning 180, 181 va 1811-moddalari birinchi qismlariga kiritilgan oʻzgartishlar ham koʻrsatilgan jinoyatlar uchun sanksiyalar qat’iylashtirilishiga olib keladi, хususan:

  • jarimalar miqdorlari oshirilib, 150 EKIHdan 250 EKIHgacha miqdorni tashkil etadi (hozir – 100 EKIHdan 200 EKIHgacha);
  • muayyan huquqdan mahrum qilish sanksiyalar sirasidan chiqarib tashlanadi, u sudga jarimaga qoʻshimcha jazo sifatida, ya’ni jazoning asosiy turi bilan bir vaqtda 1 yildan 3 yilgacha muddatga uni tayinlash, majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash huquqini beradi;
  • majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari va ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng quyi chegarasi joriy etiladi – tegishincha, 300 soatdan va 2 yildan;
  • ozodlikni cheklashning eng quyi chegarasi oshiriladi – 2 yildan (hozir – 1 yildan).

 

Eslatib oʻtamiz, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

 

Jinoyatga oid qonunchilikning vaqt boʻyicha amal qilish qoidalarini ham eslatib oʻtamiz. Jinoyat va qilmishni jazolash u sodir etilgan vaqtda amal qilgan qonun bilan belgilanadi. Jazoni kuchaytiradigan Qonun qaytar kuchga ega emas. Binobarin, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan yoki sud hukmi chiqarilgan sanadan qat’i nazar, koʻrsatilgan oʻzgartishlar tuzatishlar kuchga kirgunga qadar ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va ushbu qismda 30.08.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.