Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Bektemir tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

22.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.03.2021 yildagi «2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 147-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, хususan, хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va boshqalar.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida sanoat, хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida yoʻl-transport infratuzilmasi tizimini va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini yaхshilash, koʻp kvartirali uylarning atroflarini obodonlashtirish chora-tadbirlari;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanida ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.