Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

Bir nechta tumanlarda ishsizlik va kambagʻallik toʻliq bartaraf etiladi

08.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.04.2025 yildagi «Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-132-son Qaror imzolandi. 

 

Respublikaning 16 ta tuman (shahar)larida ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambagʻallik darajasini 5–6 foizga pasaytirish rejalashtirilgan. Bunda Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari hamda Margʻilon shahrini ishsizlik va kambagʻallikdan хoli hududga aylantiriladi.

 

2025 yil 1 iyulgacha Tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat boʻlgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari ishlab chiqiladi.

 

Bundan tashqari, Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyoʻl shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda хizmatlar va boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari ishlab chiqiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev