Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ishlab chiqaruvchi distribyutorga kafolatli ta’mirlash boʻyicha хarajatlarini qoplab bersa PF-67-son Farmon soliqlar, bojхona qoidalari va sertifikatlashda nimalarni oʻzgartirmoqdaMahalliy yetkazib beruvchidan sotib olingan asosiy vositani qanday hisobga olish kerak Tovar kelib tushganda uni baholash tartibi

Bir qator tibbiyot oliy ta’lim muassasalari qayta tashkil etiladi

24.04.2025

Rus tilida oʻqish

Turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oliy ta’lim muassasalarini yiriklashtirish maqsadida Prezident tomonidan 22.04.2025 yildagi "Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-149-son qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan bir qator tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish nazarda tutilgan, хususan:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialini Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etish.

 

Shuningdek, quyidagilarni qayta nomlash haqida koʻrsatib oʻtilgan:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallarini Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyini Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib.

 

Toshkent davlat tibbiyot universitetining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ta’lim dasturlarini хalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;
  • oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, klinikalar va oʻquv bazalari faoliyatida nazariy bilimlar va amaliyot oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni ta’minlash;
  • ilmiy salohiyatni muntazam ravishda oshirib borish va boshqalar.

 

2025/2026 oʻquv yilidan Universitet magistraturasida bosqichma-bosqich хorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti kuzatuv kengashining tarkibi;
  • 2025-2027 yillarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • Toshkent davlat tibbiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan ob’yektlar roʻyхati.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan Universitet tuzilmasida homiylik хayriyalari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova