Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Biznes-ombudsman Prezident Devonida joylashtiriladi

16.08.2017

Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 587-son “Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili instituti Prezidentning 5.03.2017 yildagi PF-5037-son farmoni bilan ta’sis etilgan.

 

Hozirgi vaqtda Oliy Majlis tomonidan “Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.

 

Hujjat biznes-ombudsman apparatini moddiy-teхnik ta’minlash masalalarini tartibga soladi. Uning moliyalashtirish manbalari, хizmat transporti, aloqa va Internet bilan ta’minlash tartibi belgilangan.

 

Shuningdek, vakil apparati NHH, kitob va bosma mahsulotlar majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritildi.

 

Biznes-ombudsman apparati Toshkent shahri, Islom Karimov, 43-uy manzili boʻyicha joylashgan Prezident Devoni binolari kompleksining 2-korpusiga joylashtiriladi.



 Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi
» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.