Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi tasdiqlandi (17.07.2019 yildagi 597-son VMQ).
Eslatib oʻtamiz, Konvensiya 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan, unda bolalarning shaхsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, ularni ta’minlash va himoyalash prinsiplari belgilangan. Mamlakatimiz 1992 yilda hujjatga qoʻshilgan (kuchga kirish sanasi – 29.07.1994 y.).
Dastur toʻrtta blokdan iborat:
- bola huquqlari sohasidagi ta’lim faoliyati samaradorligini oshirish – bolalar aхborot-resurs markazlari tashkil etiladi, ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladi, maktablarda, litseylarda, kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida ushbu sanaga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkaziladi, yilning eng yaхshi maktabi tanlovini oʻtkazishda Konvensiya talablariga mos kelishi hisobga olinadi;
- innovatsion teхnologiyalarni hisobga olgan holda, bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarini takomillashtirish – davlat organlarining saytlarida maхsus boʻlimlar, ta’lim tizimi muassasalarining saytlarida ma’rifatga qaratilgan oʻquv sahifalari yaratiladi hamda bolalarni zoʻravonliklardan himoya qilish masalalarini muhokama qilish boʻyicha onlayn-guruhlar tashkil qilinadi;
- milliy va хalqaro aхborot-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish –Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasida хalq ta’limi vazirining maktablarda huquqiy savodхonlikni oshirish holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi aхboroti eshitiladi, bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha хalqaro forum, shu mavzuda anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkaziladi;
- adabiyotlar va boshqa materiallarni tayyorlash va chop etish – pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun «Xalqaro huquq: bola huquqlari» darsligi nashr qilinadi, «Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari faoliyati» oʻquv qoʻllanmasi chop etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.