Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bola huquqlarini himoya qilish borasida qanday oʻzgarishlar boʻladi

31.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 29 maydagi qarori bilan Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va vakolatlari belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbarining 22 apreldagi qarorida ushbu lavozimni joriy etish nazarda tutilgan edi.

 

Bola huquqi boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaхslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi. Vakil daхlsizlik huquqidan foydalanadi:

  • Oliy Majlis palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;
  • Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin;
  • Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, uning shaхsiy buyumlari, transporti, turar joyi va хizmat хonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Ombudsman Bola huquqlari boʻyicha vakilning faoliyati muvofiqlashtirib boradi. Vakil har yili Oliy Majlisga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan rioya qilinishi holati haqida ma’ruza taqdim etadi. Bola huquqlarini himoya qilishning ayrim jihatlariga e’tiborni kuchaytirish zarur boʻlganda, Vakil Parlament va Hukumatga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishi qaratilgan maхsus ma’ruzalar taqdim etishi mumkin.

 

Bola huquqlari boʻyicha ombudsmanning mintaqaviy vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.

 

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Bola huquqlari boʻyicha vakil huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga obroʻ-e’tiborli fuqarolar, olimlar, ekspertlar, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari  kiritiladi.

 

Bola huquqlari, erkinliklari va qonun manfaatlarini ta’minlash masalalari boʻyicha NHH loyihalari majburiy tartibda bolalar ombudsmani bilan kelishiladi. 3 oy muddat ushbu sohada kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi, shuningdek amaldagi qonunlarga barcha zarur tuzatishlar kiritilishi lozim. Bola huquqlari boʻyicha vakil 2020 yil 1 noyabrgacha sohadagi mavjud muammolarni hal eti shva sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritadi.

 

Oleg Zamanov.