Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Bolalar ombudsmani qanday faoliyat yuritadi

07.03.2024

Rus tilida oʻqish

29.02.2024 yildan OʻRQ-917-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaхs boʻlib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korхonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaхslar tomonidan bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

 

Bola huquqlari boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaхslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi hamda oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hisobdordir. Bola huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

 

Qonun bilan bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilab qoʻyildi, jumladan:

  • mansabdor shaхslarga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;
  • davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
  • harakatlari yoki harakatsizligi sababli bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaхslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish huquqiga ega.

 

Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida ma’ruza taqdim etadi.

 

Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.

 

Bola huquqlari boʻyicha vakil oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini tayinlaydi. U shuningdek, ariza, taklif va shikoyatlar shaklida kelib tushgan murojaatlarni ham oʻrganib chiqadi. Shikoyatlar OʻRQ-917-sonli Qonunda belgilangan tartibda, ariza va takliflar esa – “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

 

Qonun “Narodnoye slovo” gazetasida chop etilgan va 02.03.2024 yildan kirdi.

 

Lola Abduazimova