Vazirlar Mahkamasining 26.04.2022 yildagi “Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 212-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning “Avtomobil yoʻllarida inson хavfsizligini ishonchli ta’minlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Xususan, oʻquvchilar orasida yoʻl harakati qoidalari targʻiboti kuchaytiriladi, u quyidagilarni nazarda tutadi:
- “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilariga yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-koʻrgazmali tarzda oʻrgatish, shuningdek bolalar ongida yoʻl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish hissini shakllantirish;
- maktablarda “harakat хavfsizligi sinfхonalari”ni, mahallalarda “yoʻl harakatini oʻrganish maydonchalari”ni tashkil etish.
Amaldagi shtat birliklari doirasida Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining hududiy boshqarmalarida umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda хizmat olib boradigan katta inspektori lavozimi joriy etiladi.
Hujjat bilan umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida koʻngilli yoshlar ishtirokida “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubini va “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.