Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Bolalar qaysi yoshdan tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi

14.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.02.2022 yildagi “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 9 martdagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:

birinchidan, 3-bandning ikkinchi хatboshisi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oldingi tahririda yozgi sogʻlomlashtirish davri nazarda tutilmagan;

ikkinchidan, Qarorning 2-ilovasi 4-bandining birinchi хatboshisiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegishli organlar tomonidan may va iyun oylarida oʻrganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oshirilardi;

uchinchidan, Qarorning 2-ilovasining 6-bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yosh tegishli yilning 1 sentyabrida 5 yoshu 6 oyni tashkil qilardi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.