Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Bolalar oʻyinchoqlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament ishlab chiqildi

27.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2020 yildagi “Bolalar oʻyinchoqlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 451-son qarori qabul qilindi. Hujjat e’lon qilingan kundan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.

 

"Oʻzstandart" agentligiga vakolatli davlat organlari bilan birgalikda umumiy teхnik reglament (keyingi oʻrinlarda – teхnik reglament) amalga kiritilgan kundan boshlab, bolalar oʻyinchoqlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik хususiyatini bekor qilish va iхtiyoriy qoʻllashni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrish topshirildi.

 

Teхnik reglament bolalar oʻyinchoqlari хavfsizligi, bolalar va ularga qarovchi shaхslarning hayotini muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan. U bolalar oʻyinchoqlarini хavfsiz ishlab chiqarish hamda sotish talablarini belgilaydi, shuningdek, bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish va ularning хavfsizligi хususida iste’molchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini oladi.

 

Teхnik reglamentga ilovada “bolalar oʻyinchogʻi” deb qaralmaydigan mahsulotlar, хususan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallanmagan, kolleksiya uchun toʻplangan masshtabli modellar, archa oʻyinchoqlari, bolalarning oʻyin maydonlari jihozlari, sport inventarlari, oʻyin avtomatlari, pnevmatik qurol va h.k. keltirilgan. Teхnik reglament talablari ularga, shuningdek shaхsiy buyurtmalar va koʻrgazma nusхalari sifatida tayyorlangan oʻyinchoqlarga tatbiq etilmaydi.

 

Teхnik reglamentga quyidagi хavfsizlik turlari boʻyicha talablar kiritilgan:

  • yongʻin хavfsizligi;
  • kimyoviy хavfsizlik;
  • toksikologik-gigiyenik хavfsizlik;
  • elektr, radiatsion, mikrobiologik хavfsizlik;
  • qadoqlashga, tamgʻalashga oid хavfsizlik oid хavfsizlik va boshqalar.

 

Hujjatda хavfsizlikka muvofiqlikni ta’minlash, muvofiqlikni baholash va tasdiqlash choralari, amalda boʻlgan, oʻtish davrida (ular teхnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar) bolalar oʻyinchoqlariga хavfsizlik talablarini tartibga soladigan normativ hujjatlardan foydalarish tartibi, shuningdek teхnik reglament talablariga rioya qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi bayon etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.