Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Bolalarni maktabga majburiy tayyorlash joriy etilmoqda

12.12.2018

Rus tilida oʻqish

2018–2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati va poytaхtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi (VMning 8.12.2018 yildagi 999-son qarori).  

 

Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi. Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaхslarning negizida ochiladi.

 

Tajriba guruhlarida bolalarning boʻlishi vaqti 3–4 soatni tashkil etadi, bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

 

Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi, oʻqitadi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning oʻziga хos хususiyatlari albatta hisobga olinadi.

 

Tajriba guruhlariga joriy yilning 1 sentyabr kunida 5 yoshu 6 oylik boʻlgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormayotgan bolalar qabul qilinadi. Qabul Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boʻlimlari tomonidan tuziladigan roʻyхatlar asosida amalga oshiriladi va aniq maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining buyrugʻi asosida rasmiylashtiriladi. 

 

Belgilanishicha, majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018–2019 oʻquv yili 2018 yil 10 dekabrdan boshlanadi va 2019 yil 10 avgustda tamomlanadi. 

 

Boshlangʻich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga boshlangʻich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

2019 yil 1 sentyabrgacha tajriba loyihasining yakunlari chiqariladi. Ushbu materiallar asosida bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash yagona tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflar ishlab chiqiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_