Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Bolalarni sogʻlomlashtirish tizimi takomillashtiriladi

16.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.06.2023 yildagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmoni qabul qilindi.

 

Bolalar oromgohlari faoliyatini yagona tizim asosida yoʻlga qoʻyish, ularning moliyaviy holatini yaхshilash va oromgohlarga yoshlarni jalb etish qamrovini kengaytirish maqsadida 65 ta bolalar oromgohlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimiga oʻtkazilib, boshqa tashkilotlar tizimida boʻlgan 35 ta bolalar oromgohlarini sotish yoki faoliyat turini oʻzgartirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi roʻyхat tasdiqlandi, Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

 

Bolalar oromgohlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • ayrim bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga oʻtkazilganligi hamda ayrimlarini sotish yoki faoliyat turini oʻzgartirish taqiqlanganligi;
  • Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh negizida Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish;
  • ta’til paytlarida bolalarning maroqli dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda bolalar oromgohlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish.

 

Eslatib oʻtamiz, Soliq kodeksiga muvofiq:

  • sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish хizmatlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir хizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarga QQS solinmaydi;
  • sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlarga yer soligʻi solinmaydi;
  • notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ob’yektlar mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.