Vazirlar Mahkamasi «birinchi rangdagi» mansabdor shaхslarining funksional vazifalari alohida nizomlar bilan tartibga solindi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyining oхirida Hukumatda tarkibiy oʻzgarishlar roʻy berdi, ular natijasida Bosh vazirning oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosar, soni beshtagacha qisqartirilib, ikkita maslahatchi tayinlandi (batafsil qarang).
Keyinchalik bir oy davomida ularning funksional vazifalari belgilangan hamda Hukumat ayrim tarkibiy boʻlinmalarining faoliyatini tartibga soladigan yettita hujjat e’lon qilindi. Ular haqida batafsil – jadvalda:
Funksional vazifalari tartibga solingan mansabdor shaхs |
Faoliyati tartibga solingan tarkibiy boʻlinma |
Tartibga soluvchi hujjat |
Bosh vazirning oʻrinbosari – moliya vaziri |
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi 144-son qarori |
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 157-son qarori |
Bosh vazirning yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi |
Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi 162-son qarori |
Bosh vazirning oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 fevraldagi 174-son qarori |
Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi |
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 fevraldagi 177-son qarori |
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 fevraldagi 179-son qarori |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – transport vaziri |
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati |
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 fevraldagi 180-son qarori |
Lavozimlar yuzasidan hujjatlarda faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, vazifalar va funksional majburiyatlar, huquqlar va javobgarlik, faoliyatni tashkil etish ochib berilgan. Kotibiyatlar yuzasidan – ularning vazifalari va funksiyalari, faoliyat yoʻnalishlari, huquqlar va javobgarlik, tuzilmalar va tashkiliy jihatlar ochib berilgan.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va kuchga kirgan.
Oleg Zamanov.