Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Botanika institutining vazifalariga tuzatishlar kiritildi

19.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 17.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida shu va boshqa tashkiliy tadbirlar nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.  

 

Institutdagi qayta tashkil etish

 

Institutda qayta tashkil etish boshlandi, oʻzgartirishlar jadvalda koʻrsatilgan:

 

Yangi tashkil etiladigan boʻlinmalar

Boshqa muassasalarga oʻtkaziladigan boʻlinmalar

Nomi

Vazifalari

Nomi

Quyidagilarga oʻtkaziladi:

Noyob oʻsimliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi

  • Noyob va endem oʻsimlik turlari boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi nashrlarini хalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash
  • Institutning gʻoʻza sistematikasi va introduksiyasi laboratoriyasi;
  • «Gʻoʻza genofondi» noyob ilmiy ob’yekti;
  • issiqхona kompleksi

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti

 

Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi

  • Oʻzbekiston tabiiy florasining taksonomik хilma-хilligini хatlovdan oʻtkazish boʻyicha tizimli tadqiqotlar olib borish;
  • oʻsimliklarning invaziv turlari tarkibini va geografik tarqalishini belgilash;
  • alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni aniqlash hamda oʻsimliklar dunyosining zamonaviy nomenklaturasi va filogenetik tizimi asosida «Oʻzbekiston florasi»ning yangi nashrlarini tayyorlash

Anatomiya va sitoembriologiya, daraхt va oʻt oʻsimliklari introduksiyasi, shuningdek, dorivor oʻsimliklar laboratoriyalari

Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bogʻi

 

Botanika muzeyi

  • Institutning ilmiy-tadqiqot va oʻquv-amaliy faoliyatidagi yutuqlarini ommalashtirish;
  • keng jamoatchilikni Oʻzbekistonning oʻziga хos oʻsimliklari хilma-хilligi bilan tanishtirish

 

 

Yangi bino quriladi

 

Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bogʻi hududida Institut, Milliy gerbariy va Botanika muzeyini joylashtirish uchun yangi zamonaviy bino quriladi.

 

Ilmiy tadqiqotlar rivojlantiriladi

 

Yaqin orada Milliy gerbariyning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish boʻyicha 2018–2020 yillarga moʻljallangan «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.  

 

2018–2020 yillarda Fanlar akademiyasi Botanika institutining oʻsimliklar хilma-хilligini oʻrganish va saqlab qolish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarini rivojlantirish, shuningdek, salohiyatini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash rejalashtirilgan.

 

Institut хorijiy mamlakatlardagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytiradi.

 

Institut negizida:

  • oʻsimliklarning molekulyar filogeniyasi;
  • biogeografiyasi;
  • хemotaksonomiyasi;
  • oʻsimliklar olamining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish uchun grant mablagʻlari jalb etiladi. 

 

Oleg Gayevoy.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_