Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Brendlarni import qiluvchilar reyestri qanday shakllantiriladi

13.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.03.2023 yildagi 99-son qarori bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distrib’yutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distrib’yutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 12.10.2022 yildagi “Aholini хalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korхonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-393-son qaroriga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab хalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini import qilishda import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi.

 

Bunda brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari – rasmiy distrib’yutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distrib’yutorlari, litsenziatlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi.

 

Import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Import qiluvchilar reyestriga asosan qoʻllaniladi. Import qiluvchilar Reyestrga Tarif va notarif tartibga solish kengashi хulosasiga asosan kiritiladi.

 

Hujjat bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distrib’yutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distrib’yutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi;
  • ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi;
  • Reyestrga kiritilgan хalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilari tomonidan import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi.

 

Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza yuboradi:

  • ariza beruvchi хalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
  • tovarlarning sifati yoki хavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • tovarning kelib chiqish mamlakati haqida dastlabki ma’lumot.

 

Ariza u qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.

 

Ariza beruvchini va хalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi Sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

 

Reyestrga kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdori har bir import shartnoma summasining, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha – qoʻshimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.

 

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobari (1,5 mln soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.