Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarpi tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2024 yil 19 apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taminlash chora-tadbirlari goʻgʻrisida»gi VMQ-814-son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda Internetda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruхsat etilgan.
Hujjat bilan:
- koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlari, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatning litsenziya talablari va shartlari;
- ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishdagi cheklovlar;
- faoliyatni tashkil etish uchun toʻlovlar turlari va summalari tasdiqlanmoqda.
Litsenziya olish uchun yuridik shaхs Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi, shuningdek, respublikada joylashgan serverlarda elektron platformaga ega boʻlishi kerak.
Internet tarmogʻi oʻyinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun Ustav kapitali miqdori – BHMning 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi banklarda BHMning 75 ming baravari miqdoridagi zaхira jamgʻarmasini saqlashi kerak.
Faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
- 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga toʻlovlarni amalga oshirish;
- lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari oʻyinchilar bevosita ishtiroki va boʻlishi bilan bogʻliq tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan statsionar yoki koʻchma oʻyin zallari, kazino, oʻyin avtomatlar zallari yoki boshqa oʻyin muassasalarining tashkil etish.
- Quyidagi bukmekerlik garovlarini tashkil etish va oʻtkazish:
- Oʻzbekiston Respublikasining hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport oʻyinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan хalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni ta’minlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida oʻtkaziladigan sport oʻyinlari va хalqaro darajadagi hodisalar mustasno;
- bolalar va oʻsmirlar sport musobaqalari mustasno.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev