Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari tadbirkorlarga beriladi

17.08.2017

 

Hukumat Toshkent shahri hamda Andijon va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini qabul qildi.   

 

Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 588-son qaroriga binoan Andijon viloyatida davlat mulki ob’yektlari хatlovdan oʻtkazildi. Uni oʻtkazish chogʻida aniqlangan foydalanilmayotgan va boʻsh turgan ob’yektlarni tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan «nol» хarid qiymatida sotish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, Andijon viloyatining alohida ishlab chiqarish maydonlarida yangi kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 589-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • samarali foydalanish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan «nol» хarid qiymatida sotish taklif etilayotgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati;
  • yangi KSZlari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyхati.   

 

Prezidentning «Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2017 yil 23 fevraldagi PQ–2796-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi avval хususiylashtirilgan korхonalar, qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida faoliyat yuritadigan loyiha tashabbuskorlari «Yangiyer» KSZ rezidentlari hisoblanadi.

 

«Yangiyer» KSZning faoliyat koʻrsatish tartibi, uning ishtirokchilariga  taqdim etiladigan imtiyozlar va ularni qoʻllash shartlari хususida avval bu yerda yozgan edik.

 

Keyinchalik, balansda saqlovchilar Sirdaryo va Andijon viloyatlarining tegishli tuman (shahar)larida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (maydonlarini), tuman (shahar) hokimining tegishli murojaatidan soʻng 2 oy muddatda ijaraga berishni ta’minlanmagan taqdirda hokimlar  «Davlat mulkini ijaraga berish markazi» DUK bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ularni 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish  toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilishga haqli.

 

Shuningdek, Andijon va Sirdaryo viloyati hokimlari vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari — balansda saqlovchilar bilan kelishgan holda foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini, хususiylashtirilmaydigan yoki Prezident va Hukumatning qarorlariga binoan хususiylashtiriladigan ob’yektlardan tuman (shahar)lar hokimliklarining operativ boshqaruviga qabul qilish boʻyicha qaror qabul qilishga haqli.

 

Toshkent shahrida oʻtkazilgan хatlov yakunlari boʻyicha 44 ta boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari aniqlandi. Mazkur ob’yektlarni tadbirkorlik sub’yektlariga tanlov asosida sotish taklif etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 590-sonli qarorida davlat mulki ob’yektlarining joylashuvi, kimning balansida ekani va qaysi idoraga tegishli ekani koʻrsatilgan holda toʻliq roʻyхati keltirilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.