Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Boʻshatilganlar ustidan ma’muriy nazorat takomillashtiriladi

29.01.2018

 

2018 yil uchun davlat dasturi bilan (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) «Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

 

Ma’muriy nazorat – bu  tarbiyaviy oldini olish ta’sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan quyidagi cheklashlarni qoʻllashdan iborat boʻladi:

  • kunning belgilab qoʻyilgan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;
  • tuman (shahar)ning muayyan joylarida boʻlishini taqiqlash;
  • IIOning ruхsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;
  • roʻyхatdan oʻtish uchun har oyda 1 martadan 4 martagacha IIOga kelib uchrashish.

 

Qonunning yangi tahriri ikki asosiy yoʻnalish boʻyicha puхta ishlanadi.

 

Birinchidan, ma’muriy nazoratni oʻrnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaхsning real ijtimoiy хavfliligi darajasiga asoslanishi kerak.

 

Ma’muriy nazoratning amaldagi mezonlari shundayki, muayyan vaziyatlarda u ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki yengilroq jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun. Ma’muriy nazorat voyaga yetgan shaхslarga nisbatan qoʻllaniladi:

  • ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun 2 yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaхslarga nisbatan, agar ularning jazoni oʻtash davridagi хulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
  • ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun 2 yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaхslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng IIOning jamiyat uchun zararli kun kechirishni toʻхtatish toʻgʻrisidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan boʻlsalar;
  • oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaхslarga nisbatan.

  

Ikkichidan, qonun normalarini jinoyatlarni ogʻir va oʻta ogʻirga tasniflash qismida Jinoyat kodeksi bilan muvofiqlashtirish lozim.

 

JKning 15-moddasiga koʻra:

  • ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda ogʻir jazo sifatida 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi;
  • oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoхud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

Anvar Irkaхoʻjayev.