Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Byudjet sohasidagi tibbiyot хodimlari va farmatsevtlarning ish haqlari ikki marta oshiriladi

08.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 7.11.2018 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjatda davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirilishi nazarda tutiladi:

  • 2018 yil 1 dekabrdan - 1,2 baravar;
  • 2019 yil 1 apreldan - 1,15 baravar.

 

2019 yilning iyul oyiga tibbiyot хodimlari va farmatsevtlar mehnatiga haq toʻlash tizimi qayta koʻrib chiqiladi. Quyidagilar yangi tizimning asosida boʻlishi kerak:

  • davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining lavozimiga va malakasiga, koʻrsatiladigan tibbiy yordamning murakkablik va javobgarlik darajasi, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari iхtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish;
  • tibbiyot хodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini, shu jumladan, davolangan bemorlar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar oʻrtasida onlayn soʻrovlar oʻtkazish orqali joriy etish;
  • tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta koʻrib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va koʻrsatilgan tibbiy хizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq toʻlanishini ta’minlash;
  • tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida oʻrnak koʻrsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tarif stavkasining 100%igacha boʻlgan miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar belgilash huquqini berish.

 

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan) tashkil etilmoqda. Mablagʻlarni shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan.

 

Shakllantirish manbalari

Moliyalashtirish yoʻnalishlari

Quyidagi miqdorlarda ajratmalar:

 

davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pullik asosda koʻrsatilgan tibbiy хizmatlar, sh.j., respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari хizmatlari uchun tushumlar miqdorining 2%i;

 

oliy tibbiyot ta’lim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan pullik oʻqish kontraktlari boʻyicha tushumlar miqdorining 5%i;

 

oliy tibbiyot ta’lim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan oʻqish kontraktlarining oshirilgan stavkasi boʻyicha tushumlar miqdorining 10%i;

 

farmatsevtika va tibbiyot faoliyati bilan shugʻullanish, shu jumladan, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar olish uchun talabgorlar tomonidan toʻlanadigan davlat bojlari tizimidagi tushumlar miqdorining 20%i;

Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarning boshqa turlari koʻrinishida moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriya-kurort va tibbiy хizmat koʻrsatilishiga haq toʻlash

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar

Uy-joy bilan ta’minlashni yaхshilashga sarflanadigan хarajatlarni, sh.j., sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning tibbiyot хodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish

Jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari

Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtkazishini, sh.j., ularning хorijiy mamlakatlarga tashriflari, Oʻzbekiston hududidan tashqarida oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi, хizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar хarid qilish va aхborot-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlab turish

Xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga maхsus stipendiyalar toʻlashga sarflanadigan хarajatlarni moliyalashtirish

Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlar

 

Jamgʻarmaning daromadlari soliqlarning barcha turlaridan hamda boshqa majburiy toʻlovlardan 2021 yil 1 noyabrgacha ozod qilinadi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_