Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TSOYaEATga ma’lumotlar oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun qachon jarima solinishi mumkin Ta’til pulini hisoblashda mukofotlarni hisobga olish kerakmi Moddiy yordamni qanday toʻlash kerak

Byudjet tizimi hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda taqdim etiladigan hisobvaraq-faktura shakli tasdiqlandi

19.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab byudjet tizimi hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda quyidagi shaklda hisobvaraq-faktura taqdim etiladi.

 

 Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalarga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyхati asosida kelgusi yil loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlarni joriy yilda ajratilishini ta’minlaydi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev