Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi 247-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (22.05.2020 yildagi 309-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda import boʻyicha sement mahsulotini olib kirish (TIF TN kodlari 2523210000 va 2523290000) vaqtinchalik toʻхtatilgan edi. Sababi - COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan koʻpgina qurilish ob’yektlarida ishlar toʻхtatilganligi sababli sementga boʻlgan talab keskin tushib ketganligi.
Biroq 2020 yil 23 maydan boshlab yuqorida koʻrsatilgan cheklov olib tashlandi, koʻrsatilgan TIF TN kodlari boʻyicha import boʻyicha sement mahsulotini olib kirish tiklanmoqda. Qaror respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini tanqis qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan.
DBQga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import boʻyicha sement mahsulotini olib kirishda zarur hujjatlarni tezkor ravishda rasmiylashtirishni ta’minlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.