Prezidentning “Qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
- 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasini 20 dan 15%gacha pasaytirish;
- 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilash haqidagi takliflari ma’qullandi.