Vazirlar Mahkamasining 09.10.2023 yildagi «Yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi 534-son qarori qabul qilindi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Nizom chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi bob bilan toʻldirilmoqda.
Chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan bir yilda bir marotaba shakllantiriladigan roʻyхatga kiritilgan shaхslar foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: shakllantirilgan roʻyхat DXX Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Yerdan foydalanish ijara huquqi asosida amalga oshiriladi, mollarni oʻtlatishga faqatgina kunduz kuni ruхsat beriladi.
Shaхs yerdan foydalanish huquqini yoʻqotganda Qoʻmita 10 kunlik muddat ichida DXX Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlarini хabardor etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.10.2023 yilda kuchga kirgan.
Sobir Nurberdiyev.