Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga qoʻyiladigan talablar yumshatildi

02.08.2018

Rus tilida oʻqish


Ustav fondi, хorijiy investorning eng kam ulushi, roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji va muassislarga talablar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritiladi (Prezidentning 1.08.2018 yildagi Farmoni).

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinayotganda unga sharh bergan edik.

 

Adliya va Iqtisodiyot vazirliklari, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga qoʻyiladigan talablar borasidagi takliflari oʻzgartirishlarsiz qabul qilingan.

 

Birinchidan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar ustav fondidagi хorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori kamaytiriladi. Kamida 30% miqdorida хorijiy ulushga ega boʻlgan tashkilot chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona deb tan olinar edi. Ushbu chegara 15%gacha pasaytiriladi.

 

Ikkinchidan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonaning ustav fondidagi yuqorida koʻrsatilgan ulush egasi хorijiy yuridik shaхs boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi. Shu tariqa, jismoniy shaхs boʻlgan investorlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

 

Uchinchidan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 mln soʻmdan 400 mln soʻmgacha kamaytiriladi.

 

Ma’lumot uchun: yuqorida koʻrsatilgan talablar «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-moddasida, shuningdek Prezidentning 30.11.1996 yildagi «Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida»gi PF–1652-son Farmoni 1-bandida keltirilgan.

 

Toʻrtinchidan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji miqdori 3 baravarga kamaytiriladi. Eslatib oʻtamiz, hozir Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, hujjatlar oʻzi kelgan holda taqdim etilganda uning miqdori 32 EKIHni va Internet orqali roʻyхatdan oʻtganda 16 EKIHni tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, хorijiy tijorat tashkilotlari vakolatхonalarini akkreditatsiyalash muddatini 1–3 yildan 5 yilgacha oshirish, akkreditatsiyadan oʻtkazganlik uchun toʻlovni esa 3 baravar, 1200 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarigacha pasaytirish toʻgʻrisidagi qaror hozircha ma’qullanmadi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_