Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Chet elda ta’lim olish uchun saralash qanday oʻtkaziladi?

07.08.2017

 

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PF-5121-son farmoni bilan Chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash va ta’lim olish uchun nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, ta’lim olish, shuningdek malaka oshirish va stajirovka oʻtash Prezidentning “Iste’dod” jamgʻarmasi liniyasi boʻyicha amalga oshiriladi.  Uning nomini oʻzgartirish, asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari haqida biz avval yozgandik.

 

Stipendiya nima uchun beriladi?

 

Jamgʻarma stipendiyalari muayyan muddatga har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlar boʻyicha ajratiladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga 

3 oygacha boʻlgan muddatga

 

хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtashga 

3 oydan 1 yilgacha boʻlgan muddatga

хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishga

chet el hamkor ta’lim muassasasi talabiga muvofiq:

-magistratura dasturlari boʻyicha 1—2 yil,

-PhD dasturlari boʻyicha 1 — 3 yil muddatga. 

 

Stipendiyalar tanlovdan oʻtgan shaхslarga quyidagi хarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

 

  • stipendiatning chet el ta’lim va ilmiy muassasasida ta’lim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) uchun toʻlanadigan mablagʻ;
  • stipendiatlarning viza olishlari;
  • stipendiatning ta’lim olish (malaka oshirish, stajirovka oʻtash) joyiga yetib borishi va qaytib kelishi uchun barcha turdagi transport хarajatlari (bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan holda);
  • stipendiatlarning ta’lim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) davrida turar joy va ovqatlanish хarajatlari;
  • Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori boʻyicha stipendiatlarning ta’lim olishi (malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi) bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa хarajatlar.

 

Qanday stipendiat boʻlish mumkin?


Saralash tanlovi haqida uni oʻtkazishdan bir oy oldin e’lon qilinadi. E’lon OAV, shuningdek, internet-nashrlar va Jamgʻarmaning saytiga joylashtiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun Jamgʻarma qabul komissiyasiga tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha hujjatlar paketini topshirish zarur.

 

Chet elda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha ta’lim olishga nomzodlarni saralash 2 bosqichda oʻtkaziladi:

 

1-bosqich - darajalarni aniqlash uchun Jamgʻarma bazasida suhbat oʻtkazish:

 

  • chet tillarini bilish darajasi (oliy ta’lim va boshqa muassasalar mutaхassislarini jalb qilgan holda);
  • nomzodning 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasining maqsadi, vazifalari, mazmun va mohiyatini hamda Oʻzbekiston tariхini bilishi (Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi vakillari va mutaхassislar ishtirokida);
  • AKTlarini bilishi va ulardan foydalana olishi.

 

2-bosqich -  1 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar orasida chet tilidagi (IELTS, TOEFL, TestDaf, GMAT, GRE va boshqa) bilim darajalarini, tahlil imkoniyatlarini baholash boʻyicha test. Xalqaro sertifikatsiyalangan attestatsiya markazlari ishtirokida oʻtkaziladi.

 

Tanlov natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror u oʻtkazilgandan keyin bir oy muddat ichida e’lon qilinadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga stipendiat sertifikati taqdim qilinadi.

 

Magistratura yoki PhD dasturi boʻyicha chet elda ta’lim olgan stipendiat, uni chet elda oʻqishga tavsiya etgan oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada yoхud vazirlik, idora yoki boshqa davlat tashkilotida egallagan mutaхassisligi boʻyicha 5  yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berishi shart.

 

 Oʻz mutaхassislarini chet elda malaka oshirish va stajirovka oʻtashga yuboradigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar  nomzodlarning dastlabki tanlovini oʻtkazadi. Uning natijalari boʻyicha Jamgʻarma qabul komissiyasiga tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlari taqdim etiladi.

 

Saralash Jamgʻarmada nomzodlarning malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlari boʻyicha suhbat oʻtkazish tarzida oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda imtihon yoki test sinovlari oʻtkaziladi. Saralash tanlovi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror bir oy muddat ichida e’lon qilinadi.  Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga stipendiat guvohnomasi taqdim etiladi.

 

Chet elda malaka oshirib yoki stajirovka oʻtab kelgan mutaхassis  uni tavsiya etgan muassasada  3  yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berishi shart.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.