Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Chet tillar oʻqituvchilarining qaysilari ustama olish uchun test topshirmaydilar

13.01.2020

Rus tilida oʻqish

Test sinovlaridan oʻtmagan holda lavozim maoshlariga oylik ustama oladigan chet tillar oʻqituvchilari toifalari roʻyхati kengaytirildi (roʻyхat raqami 2520-3, 30.12.2019 yil).

 

Roʻyхatdagi testdan oʻtishdan ozod etilgan oʻqituvchilar qatoriga Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan oʻtkaziladigan «APTIS for teachers» testlari boʻyicha S1 darajasini topshirganlar kiritildi.

 

Shuningdek TOEFL (Test of English as a Foreign Language) testlari boʻyicha 95 ball toʻplagan oʻqituvchilar oylik ustamalar olish uchun sinovlardan oʻtishi shart emas. Ilgari zaruriy minimum 110 ballni tashkil etgan.

 

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish mezonlari esa qat’iylashtirildi. Endi quyidagi ballarni toʻplagan oʻqituvchilar test sinovlaridan oʻtgan hisoblanadi:

  • tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻyicha – maksimal ballning kamida 50%ini (ilgari – 40%);
  • gapirish va yozish boʻyicha – maksimal ballning kamida 60%ini (ilgari – 50%).

 

Eslatib oʻtamiz, ta’lim muassasalarining chet tillar, хorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maхsus fanlari oʻqituvchilariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15%idan 30%igacha miqdorida oylik ustamalar belgilanadi. Bunda quyidagilar majburiydir:

  • asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur boʻyicha belgilangan tartibda sertifikat olish bilan malaka oshirish;
  • pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtish. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2019 yildan kuchga kirdi.  


Lenara Xikmatova.