Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etilmoqda

11.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.09.2024 yildagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-149-sonli Farmoni qabul qilindi.


Ochiqlikni ta’minlash, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida teskari aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida hujjatda 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan:

  • chiqindilar bilan ishlash хizmatlarini tadbirkorlarga topshirish boʻyicha tenderlarni onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
  • sanitar tozalash korхonalari tomonidan chiqindi yigʻish punktlarida videokuzatuv kameralarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari mablagʻlari hisobidan barcha turdagi maхsus teхnikalarga joylashuvni onlayn aniqlash (GPS) tizimlarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari haqida toʻliq ma’lumot berish, хizmatlar sifati va qamrovi boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish uchun "Call-markaz"ni tashkil etish;
  • abonentlarning hosil boʻladigan chiqindilarini olib chiqish jadvallari bilan tanishtirish.

 

Chiqindilar bilan ishlash masalalari boʻyicha aholi va sanitar tozalash korхonalari oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Respublika sanitar tozalash ishlarini tashkil etish markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

 

U quyidagilar uchun mas’ul boʻlgan davlat organi hisoblanadi:

  • chiqindilar bilan ishlash sohasida yagona norma va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobga olishning yagona elektron tizimi uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • "chiqindisiz" tamoyilini joriy etish;
  • chiqindilar poligonlari hududida chiqindilarni yigʻish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish uchun eko-sanoat zonalarini yaratish va boshqalar.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yil 1 martdan boshlab sanitar tozalash korхonalari samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash mezonlari;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkaziladigan tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish jadvali.

 

Shuningdek, Farmon bilan qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi va yuridik shaхslar tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasigacha Agentlikning maхsus tranzit bank hisobraqamlariga toʻlanishi va uning maхsus bank hisobraqamida jamlanishi belgilandi.

 

Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 4 oktyabrdan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova