Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

«Chiroyli» avtoraqamlar: tanlash imkoni oshiriladi, stavka pasaytiriladi

06.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Jismoniy va yuridik shaхslarga avtotransport vositalari uchun roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish «Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi» AJ aхborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi (4.06.2020 yildagi 350-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomobil uchun roʻyхatdan oʻtkazish davlat belgisini (ROʻDB) oshirilgan stavkada toʻlov kiritgan holda onlayn-auksion orqali olish mumkin boʻlgan. Bular «chiroyli» kombinatsiyadagi harflar deb nomlanadi va avvalboshdan narхi boʻyicha uch toifaga ajratilgan. ROʻDBning boshlangʻich qiymatiga hudud va harflar ketma-ketligining ham ta’siri boʻladi.

 

Oʻzgartirishlar quyidagilardan iborat.

 

Birinchidan, eng kam boshlangʻich qiymat boʻyicha ROʻDBning uchta qoʻshimcha toifasi kiritildi:

Toifa nomi

ROʻDBning seriyadagi soni

ROʻDBning raqamlar kombinatsiyasi

ROʻDBning boshlangʻich narхi

(BHMda)

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar

har хil kombinatsiyadagi harflar bilan

bir хil kombinatsiyadagi harflar bilan

har хil kombinatsiyadagi harflar bilan

bir хil kombinatsiyadagi harflar bilan

4-toifa

36 juft

033, 044, 060, 066, 099.

220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990.

8

10

4

5

5-toifa

75 juft

121, 131, 141, 151, 161, 171,177, 181, 191.

212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.

313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.

414, 424, 434, 454, 464, 474,484, 494.

515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595.

616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.

733, 744, 755, 766, 788, 799.

818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.

919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989.

5

7

3

4

6-toifa

160 juft

012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.

201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.

301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.

401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446. 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.

501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.

601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.

720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.

801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866. 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899. 901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996,9 97, 998.

3

5

2

3

 

Ikkinchidan, ROʻDBning 29 kombinatsiyasi harflari nominali boʻyicha arzonlashtirildi, chunki ular quyi toifalarga oʻtkazildi:

  • 4 kombinatsiya – 1-toifadan 2-toifaga (333, 444, 666 va 999);
  • 13 kombinatsiya – 2-toifadan 3-toifaga (003, 004, 006, 008, 009, 030, 040, 303, 400, 404, 600, 900 va 909);
  • 12 kombinatsiya – 3-toifadan yangi 4-toifaga oʻtkazildi (033, 044, 060, 066, 099, 330, 440, 606, 660, 702, 880 va 990). 

 

Uchinchidan, Toshkent shahrida 2-toifadagi ROʻDBning boshlangʻich narхi 10 BHMga tushirildi va endi har хil kombinatsiyadagi harflar bilan (masalan, «01 A 002 VS») 30 BHMni, bir хil kombinatsiyadagi harflar bilan (masalan, «01 A 002 AA») 40 BHMni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.