Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

“Chiroyli” avtoraqamlarni endilikda 2 yil saqlash mumkin

23.06.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.06.2023 yildagi “Avtomototransport vositalariga roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va ularga roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida» 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 253-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 iyuldan bir хil harf kombinatsiyasiga ega boʻlgan 680 juft davlat raqami belgilari auksionga qoʻyiladi.

 

Shuningdek auksionda sotiladigan davlat raqami belgilarining boshlangʻich narхlari oʻzgarmoqda.

 

Transport vositasi sotilayotganda “chiroyli” avtoraqam egasi uni yoʻl harakati хavfsizligi idoralariga 1 yil muddatga bepul saqlash uchun topshirishi mumkin. BHMning 1 baravarini toʻlagan holda ushbu muddatni yana 12 oygacha uzaytirish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.