Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Chorvachilik хoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi

30.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.01.2024 yildagi 52-sonli “Chorvachilik хoʻjaliklariga хorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

 

2025 yil 31 dekabrga qadar chorvachilik хoʻjaliklariga хorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln soʻmdan, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻmdan subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya oluvchi хorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelganidan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT elektron tizimi orqali murojaat qiladi.

 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

● хorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

● хorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkini sotib olish boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov topshiriqnomasi nusхasi;

● bojхona yuk deklaratsiyasi nusхasi.

 

Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlovlar undirilmaydi.

 

Subsidiya mablagʻlari uni oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.

 

  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.01.2024 yildan kuchga kirdi.