Adliya vazirligi Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizom roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqida хabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sport pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.
Nizomga muvofiq sport pasporti oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
Sport pasportidan:
- sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishida;
- sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyхatga olishda;
- sportchining tibbiy tekshiruvdan oʻtishida;
- sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablar bajarilishida;
- qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalaniladi.
2 shakldagi sport pasportlari joriy qilinadi: kitobcha shaklidagi sport pasporti hamda plastik shakldagi sport pasporti.