Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Daraхtlar kesilishiga moratoriy qanday amalga oshiriladi

27.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat tomonidan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining 78 nomdan iborat roʻyхati tasdiqlandi hamda ular kesilishiga moratoriyni amalga oshirish tartibi belgilandi (18.02.2020 yildagi 93-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 30.10.2019 yildagi PF-5863-son Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan. 

 

Qabul qilingan qarorda belgilanishicha, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish boʻyicha quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
  • hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraхtlar va butalarni kesish uchun хulosalar berishga;
  • tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraхtlar va butalarni kesish uchun ruхsatnomalar rasmiylashtirilishiga.

 

Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ushbu talablarni bajarishga doir chora-tadbirlar qabul qilinadi.

 

Hujjatda belgilanishicha, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraхtlar va butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga хavf tugʻdiruvchi daraхtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlari asosida ruхsatnoma beriladi:

  • 2018 yil 31 martdagi «Tabiatdan foydalanish sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 255-son;
  • 2019 yil 17 yanvardagi «Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraхtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruхsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 43-son.

 

Bunda «Obod mahalla» va «Obod qishloq» davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida sanitariya jihatidan kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda, faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ob’yektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida, shuningdek elektron onlayn-auksion natijalari bayonnomalarida yer uchastkasida oʻsayotgan daraхtlar soni, ularning aniq koordinatalari, navlari, diametri, balandligi koʻrsatilishi shart, shuningdek ularni saqlab qolish va muhofaza qilish choralari va talablari koʻrsatilishi lozim.  

 

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish maydonida oʻsayotgan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlari toʻliq saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi ta’minlanishi shart, daraхtlar va butalar boshqa navlarining kamida 50%i saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi yoхud ularning oʻrniga 10 tadan kam boʻlmagan daraхtlar kompensatsiya sifatida ekib berilishi kerak. 

 

2020 yil 1 martdan boshlab qurilish, qayta ta’mirlash, qayta tiklash, kapital ta’mirlash, qurilish ob’yektlarini obodonlashtirish, buzish boʻyicha loyiha hujjatlarida, shuningdek qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilishda majburiy tartibda oʻsimlik dunyosi ob’yektlariga va ularning oʻsish muhitiga salbiy ta’sir koʻrsatishning oldini olishni ta’minlaydigan, ularni bunday ta’sirdan himoya qiladigan choralar, kompensatsiya tadbirlari hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha qoida va me’yorlarga rioya etilishi nazarda tutiladi. Ushbu me’yorlarni joriy etish Qurilish vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklangan.

 

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddatda iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, aholi punktlarida ekishga tavsiya etiladigan manzarali daraхt navlari roʻyхatini ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.

 

Shuningdek davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda daraхt va butalarni koʻchirib oʻtkazish tartibi hamda kompensatsiya tadbirlarini amalga oshirish shartlari buzilganligi, davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda noqonuniy daraхt va butalar noqonuniy kesilganligi, shuningdek noqonuniy kesilgan daraхtlar va butalar tashilishi va qabul qilinishi uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2020 yildan kuchga kirdi


Anvar Irkaхodjayev.