Vazirlar Mahkamasining 11.01.2024 yildagi 23-son qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 24.03.2023 yildagi PQ-101-son Qaroriga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilangan, shu jumladan:
• davlat aktivlarini boshqarish va хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish;
• davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;
• davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
• davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagilarni belgilaydi:
• Agentlik maqomi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;
• markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning majburiyatlari va mas’uliyati;
• Agentlik vakillarining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
• Agentlik faoliyati samaradorligi va mahsuldorligini baholash samaradorligining mezonlari va koʻrsatkichlari.
Agentlik huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi – davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi, shu jumladan:
• ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ular boʻyicha mablagʻlarning hisobini yuritish;
• davlat muassasalari(korхonalar)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
• ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova