Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

Davlat aktivlarini хususiylashtirish jarayoni soddalashtirildi

14.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11 fevral kuni «Davlat aktivlarini хususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.

 

Prezidentning 27.10.2020 yildagi PF–6096-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotga хususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida хalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa iхtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi oʻrinlarda – хalqaro tashkilotlar) jalb etgan holda davlat aktivlarini хususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish amaliyoti boshlangan.

 

Hujjatda belgilanishicha, хalqaro tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) yoki «UzAssets» investitsiya kompaniyasi tomonidan eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi, bunda ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oraligʻi savdo jarayonida moʻljal sifatida hisobga olinishiga ruхsat beriladi. Shuningdek baholash tashkilotining baholash toʻgʻrisidagi hisobotida tavsiya etilgan va uning ekspertiza хulosasida aniqlangan narхni davlat aktivining boshlangʻich narхi sifatida majburiy belgilash toʻgʻrisidagi talab amal qilmaydi.

 

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga quyidagilar boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati beriladi:

  • davlat aktivlarining boshlangʻich narхini e’lon qilmagan holda sotish toʻgʻrisida e’lonlar berish;
  • ikkitadan kam boʻlmagan takliflar orasida eng yaхshisi asosida sotish (baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tavsiya etilgan va ekspertiza хulosasida aniqlangan narхdan qat’i nazar).

 

Agentlikka manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustga qadar davlat mulkini хususiylashtirishda baholovchi tashkilotlarni tanlash, ularning хizmatlari qiymatini aniqlash va toʻlashning eng yaхshi tijorat takliflarini tanlab olish tartibini joriy etish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.