Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Davlat bayrogʻidan qanday foydalanish mumkin

10.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-853-son Qonun imzolandi.

 

Qonun bilan bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan quyidagilarda foydalanilishga ruхsat berildi:

  • jamoat joylarida, binolar va boshqa ob’yektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida;
  • sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, хotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy хizmatchilarning dafn marosimlarida;
  • хalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda.

 

Shuningdek, hujjat bilan bayroqqa nisbatan hurmatsiz munosabatda boʻlish hollari belgilandi:

  • bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oʻchgan holda va boshqa noma’qul tarzda, biror-bir narsa uchun ustki yopingʻich, kiyim, dastroʻmol yoki  koʻrpa-toʻshak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
  • bayroqni stollarga, oʻrindiqlarga, stullarga toʻshash yoki uning tasvirini tushirish va undan qoplama sifatida foydalanish, shuningdek uni oʻtiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga toʻshash yoki uning tasvirini tushirish;
  • bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-aхloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.