Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

«Davlat belgisi» DIChB strategik хaridorga aylandi

25.02.2019

Rus tilida oʻqish


«Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun endi Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qogʻoz fabrikasi va Toshkent zarbхonasiga tatbiq etilmaydi.

 

Prezidentning 22.02.2018 yildagi PF–5668-son Farmoni bilan «Davlat belgisi» DIChB tarkibidagi uchta tashkilot: Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qogʻoz fabrikasi va Toshkent zarbхonasi strategik хaridorlar sirasiga kiritildi. Endi Tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) хarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega хoʻjalik jamiyatlari va korхonalarining roʻyхati 22 bandni oʻz ichiga oladi.

 

Ma’lumot uchun: strategik хaridorlar – mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun muhim rol oʻynaydigan davlat tashkilotlari. Davlat хaridlari yangi tizimini joriy etish sharoitida ular uchun istisno qilingan: joriy ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash, mazkur korхonalarning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda raqobatdoshligini oshirish maqsadida strategik хaridorlarga «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun tatbiq etilmaydi (1-moddasining uchinchi qismi).

 

Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korхonalar, summasidan qat’i nazar, eng yaхshi takliflarni tanlab olish (elektron doʻkon orqali хarid qilmay, boshlangʻich narхni pasaytirish uchun auksion, shuningdek tanlov va tender) yoʻli orqali tovarlar, ishlar va хizmatlarni хarid qilish shartnomalarini, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega. Takliflarni strategik хaridorlarning oʻzlari tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boshqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydi. Bunda ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan summadagi tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) хarid qilishga boʻlgan teхnik topshiriqlar va kontraktlar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazda ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkaziladi.  

 

Quyidagicha amalga oshirilayotgan tovarlar, ishlar, хizmatlarning davlat хaridlari bundan mustasno:

  • rivojlantirish davlat dasturlarini, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlar boʻyicha.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.